Listen to Vatan Bayrog'i by Sharq

Vatan Bayrog'i

Sharq

Pop

3,405 Shazams

Lyrics

Olqishlab-olqishlab munavvar tongni, U mayin hilpirab turibdi, qarang. Bu kez termultirgan jumla jahonni, Yurtim bayrog'ida porlar to'rt xil rang. Yashil rang – abadiy ko'klam timsoli, Bahorni qutlaydi bunda har bir jon. Bulutlar tutunlar, dog'lardan holi, Moviy rangda yashnar musaffo osmon. Azizim, sen haqda yana ne deyin? Bulbullar to'ldirsin yashil bog'ingni. Kelajak avlod bizlardan keyin, Hilpiratib tursin hur bayrog'ingni. Qizil rang – ko'zga yosh qalqmasin nechun? Janglarda o'lmagan mangu jondir bu. Biz bugun kuylagan erk va baxt uchun Bir zamon to'kilgan qutlug' qondir bu. Dalalarni quchgan paxta kabi oq, Vatan bayrog'ida bir rang bor yana. Mehnatkash xalqimning qalbiday oppoq, Unda nafas olar oq sut va ona. Azizim, sen haqda yana ne deyin? Bulbullar to'ldirsin yashil bog'ingni. Kelajak avlod bizlardan keyin, Hilpiratib tursin hur bayrog'ingni. (+)
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out