Lyrics

Gullar oqshom chog'ida o'yga tolar emishlar, Quyosh botgan tarafga qarab qolar emishlar, Gullar oqshom chog'ida o'yga tolar emishlar, Quyosh botgan tarafga qarab qolar emishlar, So'ng barchasi subhidam, sal iymanib, nozlanib Quyoshni kutar emish, sharq tomonga yuzlanib, So'ng barchasi subhidam, sal iymanib, nozlanib, Quyoshni kutar emish, sharq tomonga yuzlanib, Atirgulim, atirgulim, atirgulim, sevgilim, Atirgulim, atirgulim, atirgulim, sevgilim, Faqatgina atirgul sog'inch dog'lab ko'ksini, Quyoshi ketgan yo'ldan, olmas emish ko'zini, Faqatgina atirgul sog'inch dog'lab ko'ksini, Quyoshi ketgan yo'ldan, olmas emish ko'zini, Ters tomondan kun chiqach, To'lib shabnam ko'z yoshga, Hayrat-u araz bilan, qayrilar emish quyoshga, Atirgulim, atirgulim, atirgulim, sevgilim, Atirgulim, atirgulim, atirgulim, sevgilim, Men bir darbadar odam, yo'lda kechar hayotim, Gulim dilda yonadi, bir iltijo, bir dog'im Men bir darbadar odam, yo'lda kechar hayotim, Gulim dilda yonadi, bir iltijo, bir dog'im Bu dunyoda yo'l ko'pdur, gulim umrim hayolda, Goho janubga botib, chiqadurman shimolda, Atirgulim, sevgilim, men qaylarga yelmayin, Ketib qaysi ko'chadan, qaysi yo'ldan kelmayin, Ko'zlaringni qadab qol, quyosh yanlig' dilimgaaa, Kelgunimcha qarab qol, jo'nab ketgan yo'limga, Gullar oqshom chog'ida o'yga tolar emishlar, Quyosh botgan tarafga qarab qolar emishlar. END
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out