Lyrics

Shu kunlarda ololmayapman, to'yib nafas Negadir bu shahar, men uchun go'yo qafas Uylar quriladi, hammada hoyu-havas Lekin tabiatimizni ishlari joyidamas Shu kunlarda ololmayapman, to'yib nafas Gapirsam o'rtolarim deydi, menga qo'y indama Boshqalar, biz bilmimiz, bu bizni bo'yindamas Ko'zingni ochchi inson, biz o'yindamas Hamma narsa kerak, tez va tayyori Bazilar maqsad yo'lida, bez va ayyoru Bu uylardan markazgacha, tezda va yorug' Inson nafsidan bezdi sayyora Ko'chalarni ko'pi, changga botdi Oq bo'lgan narsalar, kulrangga o'tdi Insof shunchalik arzon narsa bo'p ketti-ki Izlab ko'rish kere, topilar yangi obodda Yurib qo'yaslaru teslada, lekin Katta daraxtlar, kesiladi nega Chiroyli yangi binolarni ko'rganda Kimdur bugun shuni, esladimikin Tabiatni bugun o'yladi kim Qachon olganimiz qayta qo'yiladikan Insonga yana kerakku, to'ymadi, kam Hafa bo'lmasayam bo'lsin, to'y maraka Hey, o'z oyog'iga, bolta urgan inson Insofni nonushtaga tuxum bilan qovurgan inson O'z tabiatini o'zi ko'pga sovurgan inson Butun dunyo tushundiku, sen qachon o'rganasan Kelajak demiman, keyingi yilni o'ylab ko'r Tasavvur qil, bundan sal yomonroq bo'lsa Bu ketishda hammasi, rasvo bo'lishi turgan gapku Bugun ekishdan ko'ra, chopishni o'rgangan ko'p Shu kunlarda ololmayapman, to'yib nafas Negadir bu shahar, men uchun go'yo qafas Uylar quriladi, hammada hoyu-havas Lekin tabiatimizni ishlari joyidamas Shu kunlarda ololmayapman, to'yib nafas Ey inson, zararkunandalikni qo'yib tur bas Shu kunlarda ololmayapman, to'yib nafas Shu kunlarda ololmayapman, to'yib nafas
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out