Lyrics

Omad kelsa yo'qlab turganlar Eh davrimda davron surganlar Yo'qlab qo'ying yiqilganimda Men yomonni yaxshi ko'rganlar O'zgarmas hech siyratim aslim Bahor emas xazonli faslim Bo'ldingizmi shaytonga taslim Men yomonni yaxshi ko'rganlar Dunyo nadir besh kunlik bozor Keldingmi do'st ketaring ham bor Bilmam sizmi yo men gunohkor Men yomonni yaxshi ko'rganlar Ey odamlar Kimga omad kulib boqmaydi Daryo o'ngdan chapga oqmaydi Menga yoqqan sizga yoqmaydi Men yomonni yaxshi ko'rganlar Bitmas sira dunyoning ishi Ezar goho ro'zg'or tashvishi Kurashmoqqa qolmadi kuchim Men yomonni yaxshi ko'rganlar Ulug'bek ayt o'sha qizga ham Mehr berdim hatto muzga ham Besh ketmadim aslo sizga ham Men yomonni yaxshi ko'rganlar Ey odamlar
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out