Similar Songs
Credits
PERFORMING ARTISTS
Sherali Jo'rayev
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Sherali Jo'rayev
Composer
Alisher Navoiy
Lyrics
Lyrics
Charx avzoyi bu dam avvalgilarga o'xshamas
Ko'nglum ichra dardu g'am avvalgilarga o'xshamas
Kotibu davru raqam avvalgilarga o'xshamas
Endi inson qadri ham avvalgilarga o'xshamas
Kim ul oyning hajri ham avvalgilarga o'xshamas
Har kishikim bir ulug' ishga etibdir jon nisor
Shiddati pastu baland kelganda ham bo'lmaydi or
Ey falak, hech kimni etma besamar yo'llarda xor
Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o'zga yor
Ne sitamkim, bu alam avvalgilarga o'xshamas
Ona Sharq tojin kiyur, zulmatda ushlatmang meni
Bodayi haq mastiman, yolg'onga uyg'atmang meni,
O'z xayolimga qo'ying, o'zgaga ishlatmang meni
Ishq aro Farhod ila Majnunga o'xshatmang meni
Kim bu rasvoyi dajam, avvalgilarga o'xshamas
Ona Sharq tojin kiyur, zulmatda ushlatmang meni
Bodayi haq mastiman, yolg'onga uyg'atmang meni
O'z xayolimga qo'ying, o'zgaga ishlatmang meni
Ishq aro Farhod ila Majnunga o'xshatmang meni
Kim bu rasvoyi dajam, avvalgilarga o'xshamas
Kotibu davru raqam avvalgilarga o'xshamas
Endi inson qadri ham avvalgilarga o'xshamas
Har kima har xil yozur Arsh Mirzosi sana
Aylanur oyina bu, hech bitta ish topmas pana
Nafs ipiga bog'lidur ruh iplarin uzgan tana
Ko'yining ehromidan ko'nglimni man etmang yana
Kim anga azmi haram avvalgilarga o'xshamas
So'kmak o'tganlar ishin notavonlar rasmikim
O'z zamonin rost etar qavmi mardlar asli kim
Shu hayot tilsimlarin ochmoq omonlar kasbikim
Ey Navoiy, qilma Jamshidu Faridun vasfikim
Shoh G'oziyga karam, avvalgilarga o'xshamas
Writer(s): Sherali Jo'rayev
Lyrics powered by www.musixmatch.com