Lyrics

Unga-bunga, kimlargadir Gapirib yurma men haqimda. Seni sevishimni tasavvur etolmaydi Baribir hech kim menchalik, asalim. – A nima bo'libdi endi Ishxona ishi bilan kech kelsam? Eshigingni och, asalim! – Ishxona, choyxona, to'yxona, Uyi yo'q darbadarsiz, devona! – Uyda uyimning farishtasi, Olifta sarishtasi, janjalning ustasi. – Aldagani boring, endi boshqasini toping! – Yalinma, yalintirma, Nozlanib sog'intirma, ko'chalarda qoldirma. – Ko'cha odamining uyi ham endi ko'cha, ko'cha! – Ko'chada qolamanmi yana ertalabgacha? Dushanbadan shanbagacha Ishlari ko'p mehnatkashim. Har yakshanba choyxonasi bor, Ulfat, gapkashim. – Kesataverma, ishdan charchab kelganda, Shafqat qil, jonim. – Tavba, tavba, nima dedim? Yana man yomon, yana man zolim. – Uyda uyimning farishtasi, Olifta sarishtasi, janjalning ustasi. – Aldagani boring, endi boshqasini toping! – Yalinma, yalintirma, Nozlanib sog'intirma, ko'chalarda qoldirma. – Ko'cha odamining uyi ham endi ko'cha, ko'cha! – Ko'chada qolamanmi yana ertalabgacha? (+)
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out