Lyrics

Qishlar ham o'tdi, sendan esa darak yo'q Bahoru yozlar o'tdi, sendan darak yo'q Xazonlar to'kildi kuzda, darak yo'q Oradan qancha yillar o'tdi, xabar yo'q Sen ketgan kundan beri menda orom yo'q Charchadim, sensizlikka malham yo'q Qaytmasliging bilsam ham, nega kutaman? O'zimni balki shu bilan ovutaman! Bilmayman, endi sensiz netaman? Sog'inchimga aslo qarshi borolmayman Unutay deyman-u, lek unutolmayman Tinmayman, seni yana kutaman Xayolimda sen o'zing Yuragimda sen o'zing O mani dardim, dardim, dardim sen o'zing! Xayolimda sen o'zing Yuragimda sen o'zing O mani dardim, dardim, dardim o'zing Faqat o'zing! Senga aytolmagan hali so'zlarim bor Bir ozga bo'lsa ham yo'qlasayding bir bor Quchardim, rozi edim so'nggi bor (So'nggi bor) Xayr demay ketding, senga to'yolmadim Vidolashishga ham aslo ulgurmadim Bilmadim, sendan o'zga demadim, demadim Balki hali ham kech emasdir, ber sado Paydo bo'lsang, quvonchdan bo'laman ado Ketmasdim, yoningdan bir zum aslo, hech aslo Telbaga aylanmoqdaman men tobora Ko'zlarim seni izlash bilan ovora Dardimga topolmadim bir chora Xayolimda sen o'zing Yuragimda sen o'zing Yuragim dardi, dardi, dardi sen o'zing Xayolimda sen o'zing Yuragimda sen o'zing O mani dardim, dardim, dardim o'zing Faqat o'zing! Senga utloza qilsam, sendan darak yo'q! Ko'z yoshlarim qolmadi, sendan darak yo'q!
Writer(s): Shohruhxon Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out